Siyosat
#Online
  
    Ko‘plab murojaatlarda  biznesni moliyalashtirish manbalarini yanada ko‘paytirish maqsadida, nobank kredit tashkilotlarini ochish va yuritishga bo‘lgan mavjud talablarni kamaytirish va yengillashtirish so‘ralgan.
   Shuning uchun,  joriy yil 1 oktyabrdan  mikro-moliya tashkilotlarini litsenziyalash tartibi  to‘liq bekor qilinadi. Endi ular faoliyatini boshlashi uchun  faqatgina Markaziy bank reyestriga kirishlari kifoya.
Shuningdek, bundan buyon  ularga kassa xonalari tashkil etish,  hududlarda filiallar ochish uchun  Markaziy bankning roziligini olish shart bo‘lmaydi.
   Ular tomonidan tadbirkorlarga beriladigan mikrokredit (300 million so‘m)  va mikrolizing (600 million so‘m) uchun  amaldagi cheklovlar ham olib tashlanadi.
    Shu bilan birga,  mikromoliya tashkilotlariga  boshqa tashkilotlardan mablag‘lar jalb qilish,  obligatsiyalar chiqarish huquqlari ham beriladi.
Shuningdek, ushbu tashkilotlar,  xuddi banklar kabi  to‘lovlarni qabul qilish vakolatiga ham ega bo‘ladi.
Umuman,  ushbu yangi imkoniyatlar hisobidan ham  kredit bozorida tadbirkorlarimiz uchun  yiliga qo‘shimcha 10 trillion so‘m mablag‘ shakllanadi.
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Iqtisod
                  Siyosat
                  Jamiyat
             109695
          Jamiyat
             94081
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73019
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q