Jamiyat
2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qitish bo‘yicha qabul kvotasi tasdiqlandi, deb xabar berdi Innovatsion rivojlanish agentligi.
Bunda ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari inobatga olingan. Barcha yo‘nalishlarga 5300 ta kvota ajratilgan bo‘lib, shundan 4094 tasi tayanch doktoranturaga taalluqli bo‘lsa, 714 tasi doktorantura va yana 398 tasi stajyor-tadqiqotchi yo‘nalishlariga berilgan.
Shuningdek, maqsadli doktoranturaga (DSc va PhD) ham 76 ta o‘rin ajratilgan.
Xabarga ko‘ra, oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112462
Jamiyat
95127
Jamiyat
91389
Jamiyat
76049
Jamiyat
//
Izoh yo‘q