
Jamiyat
18-sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudi O‘zbekiston prezidentini haqorat qilgan fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Sud hujjatida ta’kidlanishicha, Ohangaron shahrida yashovchi 18 yoshli sudlanuvchi o‘ziga tegishli Instagram profili orqali O‘zbekistonning birinchi va amaldagi prezidentlari tasvirlangan fotosurat ostida Shavkat Mirziyoyevga nisbatan haqoratomuz mazmundagi izoh qoldirgan.
Sud-siyosatshunoslik lingvistik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, izohda prezidentga qarshi qaratilgan, uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, obro‘sizlantiruvchi fikrlar, g‘oyalar va so‘zlar mavjudligi aniqlangan.
Nima uchun bunday izoh qoldirgani va maqsadi nima bo‘lgani haqidagi savolga sudlanuvchi hech qanday maqsad bo‘lmagani, izohni o‘ylamasdan yozganini aytdi.
U aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi.
Sud ayblanuvchini Jinoyat kodeksining 158-moddasining 3-qismi (O‘zbekiston prezidentini internetdan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan aybli deb topib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
Shuningdek, uning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha cheklovlar yuklatildi:
Alkogolli ichimliklar iste’mol qiladigan va ko‘ngilochar joylar (kafe, bar, restoranlar)ga bormaslik;
ommaviy tadbirlar (namoyishlar, mitinglar)da ishtirok etmaslik;
jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik;
mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz, yashash joyini o‘zgartirmaslik hamda Toshkent viloyat hududidan tashqariga chiqmaslik.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q