Dam olish kunlari iliq ob-havo saqlanib turadi

Saqlash
11:30 / 10.10.2025 43 0

“O‘zgidromet” dam olish kunlarida O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.

 

Aytilishicha, dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha iliq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10-oktyabrda ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

Havo harorati kunduzgi vaqtlarda 23-28 daraja, janubda va cho‘l hududlarida 29-30 darajagacha ko‘tariladi. Eng iliq havo shanba kuni bo‘ladi, kunduzi 28-30 darajagacha, janub va cho‘l hududlarda 32 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi 10-15 daraja atrofida bo‘ladi.

 

10-11-oktyabrda shimolda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat:

 

– 10-oktyabrda 24-26 daraja;

– 11-oktyabrda kechasi 10-12 daraja, kunduzi 26-28 daraja;

– 12-oktyabrda kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//