Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 15 foizga oshdi

Saqlash
11:13 / 10.10.2025 30 0

Rossiyadan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga gaz yetkazib berish hajmi sakkiz oyda 15 foizga oshdi. Bu haqda “Gazprom” rahbari Aleksey Miller xabar berdi.

 

Miller Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumining yalpi majlisida shunday bayonot berdi. U “Sibir kuchi 2” loyihasini yaqin kelajakda Markaziy Osiyoga gaz eksportini yanada oshirish imkonini beradigan asosiy omillardan biri deb atadi.

 

“O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda iqtisodiyot juda tez sur’atlarda o‘sayotganini ta’kidlab kelmoqdamiz. Keyingi 5-6 yilga mo‘ljallangan prognozlarga ko‘ra, bu mamlakatlar iqtisodiyoti 60 foizga o‘sishi mumkin. Bu juda yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, qo‘shimcha energiya iste’molini, xususan, gaz iste’molini ham talab qiladi”, dedi Miller.

“Gazprom” rahbari gaz iste’moli qanday o‘sib borayotganiga aniq misol sifatida quyidagilarni ma’lum qildi.

 

“Biz 2025-yilning 8 oyini o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaymiz. Markaziy Osiyoga, ya’ni O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga Rossiya gazini yetkazib berish hajmi 15 foizga oshdi. Bu katta ko‘rsatkich. “Sibir kuchi 2” megaloyihasi doirasidagi loyihalar ushbu mintaqalarga gaz yetkazib berishning yanada o‘sishiga turtki bo‘ladi”, deya xulosa qildi Miller.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//