
Jamiyat
Samarqanddagi xorijiy korxona oldin olingan litsenziya shartlari va amaldagi qonun talablarini buzgan holda qariyb 51 kub metr tuproqni noqonuniy ravishda qazib olgan va tabiatga 7 milliard 374 million zarar yetkazgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Vazirlik huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida joylashgan “S.I.” xorijiy korxonasi faoliyati yuzasidan tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda aniqlanishicha, 2024-yil 25-noyabrda Oʻzbekiston Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DMning 2024-yil 23-oktyabrdagi 44-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyati Bulungʻur tumani markazidan 7,7 km shimoliy-gʻarbda joylashgan 11,3 gektar maydondagi lyossimon jinsdan iborat boʻlgan “Jomboy 3” uchastkasida geologik qidiruv ishlarini oʻtkazish uchun elektron onlayn auksion oʻtkazilgan.
Auksionda “S.I.” xorijiy korxonasi gʻolib deb topilib, 2024-yil 27-noyabrda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan geologik qidiruv ishlarini oʻtkazish uchun ruxsatnoma berilgan. Biroq korxona qazib olish uchun tegishli tartibdagi ruxsatnomani rasmiylashtirmagan hamda geologik oʻrganish maqsadida berilgan ruxsatnoma hamda auksion shartlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilmagan holda noruda qazilmalarni noqonuniy qazish ishlarini amalga oshirgan.
Oʻlchov ishlari amalga oshirilganda xorijiy korxona tomonidan 50 859,25 m3 tuproq (lyossimon jinslar) noqonuniy qazib olinganligi aniqlandi. “Mazkur holat natijasida “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 18-48-moddalari hamda “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi qonunning 34-moddasi talablari buzilgan. Shuningdek, tabiatga 7 milliard 374 million 591 ming 250 soʻm zarar yetkazilganligi hisoblandi”ʻ, deyiladi vazirlik bayonotida.
Toʻplangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora koʻrish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborilgan.
Shuningdek, vazirlik hamda Viloyat prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida Past Dargʻom va Oqdaryo tumanlarida tabiat resurslarini noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi.
Maʻlumotlarga koʻra, uchta holatda fuqarolar tomonidan qum-shagʻal aralashmalarini ruxsatsiz qazib olish natijasida tabiiy obektlarga 839 million 744 ming soʻm zarar yetkazilgan. Holat boʻyicha barcha hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborilgan va noqonuniy ishlatilgan texnik vositalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ekologik qonunbuzarlik faqat bu bilan cheklanmagan. Toyloq tumanida oʻtkazilgan reyd tadbirlari chogʻida Nayman mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Dargʻom kanalidan ikki nafar fuqaro – Samarqand tumani Badal mahallasida yashovchi A.E. va Qoʻrgʻoncha mahallasida yashovchi S.A. qora qum aralashmasini noqonuniy ravishda yuk mashinasiga ortayotgani aniqlangan.
Inspektorlar tomonidan ularga nisbatan Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 70¹-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, har biriga 8 million 240 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllangan. Yuk mashinasi esa vaqtincha jarima maydonchasiga olib ketilgan.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q