
Siyosat
Oʻzbekistonning Monako knyazligiga yangi tayinlangan birinchi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Parij shahrida joylashgan) Nodir Gʻaniyev 7-oktyabr kuni knyaz Albert II ga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga sodiqligi bilan tanilgan Monako knyazi Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energetika boʻyicha yirik loyihalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirib, yashil iqtisodiyotga oʻtish borasidagi saʻy-harakatlarni va 2030-yilgacha qayta tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasining 54 foizini ishlab chiqarish kabi ulkan maqsadni eʻtirof etdi.
Shuningdek, Albert II Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini yuqori baholadi.
Monako knyazi Oʻzbekistonni joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida Samarqand shahri YuNeSKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilishi bilan tabrikladi. U mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekistonning xalqaro hamjamiyatga ochiqligi, tashqi siyosiy faoliyatining yorqin ifodasi ekanini alohida taʻkidladi.
Oʻzbekiston elchisi, oʻz navbatida, Oʻzbekiston-Monako munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun barcha saʻy-harakatlarini amalga oshirishini bildirdi.
Oʻzbekiston va Monako oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 2013-yil 29-noyabrda oʻrnatilgan.
Nodir Gʻaniyev Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlangan va 2024-yil sentabr oyida prezident Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Diplomat shu yilning may oyidan buyon mamlakatning Portugaliyadagi elchisi lavozimida ham ishlab kelmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q