
Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, koronavirus bilan bogʻliq epidemik vaziyat salbiy tomonga oʻzgara boshlagani “Tez yordam”ga boʻlgan talab va kunlik chaqiriqlar soni ortishiga ham sabab boʻlmoqda.
Qayd qilinishicha, 2022-yilning 1-10-yanvar kunlari Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga jami 349 ming 436 ta chaqiriq kelib tushdi. Shundan tana haroratining koʻtarilishi boʻyicha 32 ming 400 ta, koronavirusga gumon qilingan, kasallikka chalingan va boshqa yuqumli kasalliklar bilan 1338 ta murojaat qayd etildi.
Taqqoslash uchun, 2021-yil dekabr oyi dastlabki oʻn kunligida “Tez yordam”ga murojaatlar soni 320 ming 980 tani tashkil qilgan edi.
Shuningdek, yanvar oyining ilk kunlari “103” xizmatiga bir kunda oʻrtacha 34 ming 600 ta chaqiriq qabul qilingan boʻlsa, 9-10-yanvar kunlari murojaatlar soni biroz ortib, qariyb 37 mingtaga yetdi.
Soʻnggi kunlarda poytaxt aholisi orasida COVID-19ga chalinish holatlari soni keskin ortishi natijasida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi brigadalari tigʻiz ish sharoitda faoliyat yuritmoqda.
Afsuski, soʻnggi kunlarda Toshkent shahar aholisi orasida COVID-19ga gumon qilingan, kasallik tasdiqlangan hamda boshqa yuqumli infeksiyalarga chalingan fuqarolar tomonidan “103” xizmatiga tez-tez murojaatlar boʻlmoqda.
Xususan, joriy yilning 1-10-yanvar kunlari shahar “Tez yordam”ga jami 36 ming 925 ta chaqiriq kelib tushdi. Shundan tana haroratining koʻtarilishi boʻyicha 8636 ta, koronavirusga gumon qilingan, kasallikka chalingan va boshqa yuqumli kasalliklar bilan 663 nafar bemor murojaat qildi. Shuningdek, jami 5751 nafar bemor gospitalizatsiya qilindi.
Maʼlumot uchun aytsak, oʻtgan 2021-yilning ayni shu davrida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga kelib tushgan umumiy chaqiriqlar soni 20 ming 869 ta, gospitalizatsiya qilingan bemorlar esa 3385 tani tashkil qilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q