
Jamiyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Mudofaa vazirligining Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligi hamkorligida qo‘mondonlik tasarrufidagi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan harbiy qismlarning harbiy xizmatchi xotin-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” tanlovi o‘tkazildi.
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Jamila Shermuhammedova tadbirda so‘zga chiqib, harbiy xizmatchi ayollar mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash bilan bir qatorda oila va farzand tarbiyasida ham ibrat bo‘layotganini ta’kidladi.
Tanlov ishtirokchilari pnevmatik quroldan o‘q otish, amaliy mashg‘ulotlar, o‘zini tanishtirish, savol-javob, mohir qo‘llar kabi shartlarda bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 99246-harbiy qism harbiy xizmatchisi Shohista Nosirxo‘jaeva 1-o‘rin, 99302-harbiy qismdan Shahlo Normurodova 2-o‘rin, 99280-harbiy qismdan Nargiza Davronova 3-o‘rinni egallab, chinakam To‘maris izdoshlari ekanini namoyish etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q