Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini muhokama qildi.
Mazkur hujjatga koʻra, avtomototransport vositasi elektron savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, shartnomani notarial tartibda tasdiqlash talabi bekor qilinadi. Bu kabi shartnomalar oddiy yozma shaklda tuzilishi belgilanadi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi avtomototransport vositalarini ijaraga berish bilan bogʻliq munosabatlarni yengillashtiradi, ijara bozorini rivojlantiradi.
Ushbu loyiha deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q