
Jamiyat
Sirdaryo viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasida Erkinjon Turdimov aholi o‘rtasida ishsizlik ko‘payib, ayrimlar boqimandalik kayfiyatiga berilayotganini tanqid qildi.
“Ishlamaydigan odamga nafaqa-pafaqa bermasligimiz kerak”, dedi Turdimov.
Uning ta’kidlanishicha, odamlardan murojaatlar ko‘paymoqda. Joyiga chiqib o‘rganilganda esa, odamlarning ko‘pchiligi boqimanda kayfiyatda ekanligi kuzatilgan. Jumladan, Havas tumaniga borilganida nogiron fuqaro uy qurib berishini so‘ragan.
“Endi nogironning ham nogironi bor-da. Ishlash imkoniyati yo‘qlari bor. Lekin ishlash imkoniyati bor bo‘lib turib, talab qilishadi. Davlat hamma majburiyatini bajarib beryapti. Nafaqasini ham beryapti. Moddiy yordamini ham beryapti, e’tiborini ham qaratyapti. Lekin bu davlatning zimmasiga yotib olaman, hokimning zimmasiga degan gap emas”, dedi Turdimov.
Viloyat hokimi “Mahalla yordam bermayapti” mazmunida murojaat qilganlar haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
“Mahalla qanday yordam berishi mumkin, deb savol bering. Hashar uyushtiradi faqat sening uyingga. Og‘a-ini, qarindoshlaring bilan. Boshqa masala yo‘q. Mahalladan moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash vakolatlari ketganligiga ham ancha bo‘ldi”, dedi u.
Turdimov nutqi davomida eng asosiy maqsad odamlarni boqimandalikdan chiqarish, ishlashga o‘rgatish ekanini aytgan.
“Kambag‘al bilan boqimandaning farqiga borishimiz kerak. Kambag‘al – bu, ishlash imkoniyati yo‘q, boquvchisi yo‘q, sharoiti og‘ir, hech kimi yo‘q. Ishlay olmaydi. Ishlashga imkoniyati yo‘q. Uyida bironta boquvchisi yo‘q. Nogironi bor. Hech kimi yo‘q. Bu xudodan kelgan. Lekin uyida voyaga yetgan farzandi bo‘lsa, o‘zining ham qo‘lidan ish kelsa, uni qanaqa biz kambag‘al deyishimiz mumkin? To‘g‘risini aytishimiz kerak. U kambag‘al emas, u boqimanda. Boqimandalikdan uni chiqarishimiz kerak. Ishlasa, unga haq berishimiz kerak. Ishlamasa, unga yordam berishimiz kerak emas. Umuman yordam berish kerakmas”, deya ta’kidladi Sirdaryo viloyati hokimi.
Turdimov, shuningdek, sirdaryoliklardan kambag‘al va boqimandaning farqiga borishni so‘ragan.
“Kambag‘al bo‘lib turib, boqimanda bo‘lgan odamga yordam berish kerak emas. Boqimandaga sharoitni ko‘rsatishimiz kerak. Ishlagin deyishimiz kerak. Ish berishimiz kerak. Ishlamasa, ana, katta ko‘cha”, dedi Sirdaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q