
Jamiyat
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bishkekda “Ayol – dunyoni yaxshilik sari oʻzgartiruvchi lider” xalqaro forumida ishtirok etdi.
Uning taʼkidlashicha, forumda oilada, ishda, jamiyatda, umuman, oʻz atrofidagi hayotni oʻzgartirayotgan, qatʼiyatli va kuchli ayollar jamlangan.
“Bishkek shahrida oʻtgan “Ayol – dunyoni yaxshilik sari oʻzgartiruvchi lider” xalqaro forumi oilada, ishda, jamiyatda, umuman, oʻz atrofidagi hayotni oʻzgartirayotgan, qatʼiyatli va kuchli ayollarni jamladi.
Bizga eng keraklisi – teng imkoniyat, davlat va jamiyat gʻoyalarimizni qoʻllab-quvvatlashi hamda oʻz kuchimizga boʻlgan ishonch.
Va buni Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan qatnashgan, mamlakatlarimiz taraqqiyoti, oʻz huquq hamda imkoniyatlari uchun shijoat bilan kurashishni ifoda etgan spikerlar yana bir karra isbotladilar.
Muvaffaqiyatli, aqlli, tafakkurli va professional, davlatlarimiz yorugʻ kelajagini aniq koʻra oladigan bu ayollar orzu sari qanday intilish kerakligi va qiyinchiliklardan qoʻrqmaslik zarurligini koʻrsata oldilar.
Biz albatta birlashishimiz shart”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q