Dunyodagi “eng yoqimtoy va adolatli” sudya 88 yoshida vafot etdi

Saqlash
12:54 / 21.08.2025 61 0

20-avgust kuni adolatli hukmlari bilan dunyoga “Eng yoqimtoy sudya” sifatida tanilgan amerikalik sudya Frenk Kaprio 88 yoshida oshqozon osti bezidagi rak xastaligi bilan olamdan koʻz yumdi. Bu haqda uning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida oʻgʻli maʼlum qilgan.

 

Amerikaning Rod Aylend provinsiyasi, Providens shahridan boʻlgan, bu xastalik bilan uzoq vaqtdan buyon kurashib kelgan Frenk Kaprio soʻnggi intervyularidan birida:

 

“Bir kuni uygʻonganimda, menga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qoʻyilganini aytishdi. Ajoyib hayot, ajoyib oila. Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Taslim boʻlmaslik kerak. Shuning uchun sizga aytamanki, hayotingizning har bir daqiqasidan bahramand boʻling. Oilangizga yaqin boʻling. Doʻstlaringizga yaqin boʻling. Va boshqalarga nisbatan mehr-shafqat hamda tushunish bilan munosabatda boʻling”, – degan edi.

 

“U sud zalidagi faoliyati, insonparvarligi bilan millionlab insonlarni hayratga solgan. Uning samimiyati, hazil-mutoyibaga boy nutqlari va mehribonligi u bilan suhbatda boʻlgan har kimning qalbida unutilmas taassurot qoldiradi. U nafaqat hurmatga sazovor sudya, balki sevimli umr yoʻldosh, ota, buva va doʻst sifatida xotiralarda qoladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//