
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda millatlararo nizo chiqarishi mumkin boʻlgan va oʻzbeklarga nisbatan haqoratomuz soʻzlarni aytib, chiqishlar qilgan Abdulloh nomi bilan tanilgan tiktoker Yugay Valeriyga nisbatan hukm oʻqildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli V.D. 2024-yilning oktabr-noyabr oylarida Koreyada yashab, oʻzining tarmoqdagi sahifalari orqali millatlararo nizo keltirishi mumkin boʻlgan hamda oʻzbek xalqiga nisbatan haqoratomuz soʻzlarni aytib, chiqishlar qilgan. U 2025-yilning 25-mart uni Abu Dabi – Samarqand yoʻnalishi orqali Oʻzbekistonga keltirilib, protsessual tartibda ushlangan.
Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Nurafshon shahri sudi hukmi bilan V.D. Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) va 158-moddasi 3-qismi (Oʻzbekiston prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa OAV, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki internetdan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) boʻyicha jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Unga 3-yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda oʻtash belgilandi.
“Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʻatiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli”, – deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q