Sobiq prezident matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi nega taqiqqa tushganini aytdi

Saqlash
17:29 / 20.08.2025 135 0

 

Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori Azamat Ziyo Davra podkastida Oʻzbekistonning “paxta koloniyasi” davri haqida gapirar ekan, rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olingan “Otamdan qolgan dalalar” filmi nega uzoq yillar taqiqda bo‘lgani haqida ham aytib oʻtdi.

 

“Biz haliyam Shavkat Mirziyoyev oʻzbek xalqini paxta qulchiligidan qutqarganini tushunib yetganimiz yoʻq. Paxtaga majburiy mehnat insonlarni savodsiz qildi, 9 oylik oʻqishining 5 oyini paxtada oʻtkazadigan butun bir savodsiz avlod paydo boʻldi.

 

1998-yilda davlat maslahatchi menga ‘bugun Oʻzbekfilmga boramiz, Shuhrat Abbosov Toʻgʻay Murodning Otamdan qolgan dalalarini sahnalashtiribdi’ deb aytdi. ʼMen nima qilamanʼ desam, ‘Yur, sen tarixchisan, ikkalamiz koʻramizʼ dedi. Keyin bilsam buni rahbar (prezident) aytgan ekan, mening fikrimni bilmoqchi boʻlgan ekan”, degan tarixchi.

 

Uning aytishicha, hamma rozilik bergach, film namoyishga chiqarilgan, biroq oradan biroz oʻtib, taqiqlana boshlangan.

 

“Men keyinroq filmni yana bir koʻrib, sababini tushundim. Mustamlaka davridagi ahvol mustaqil boʻlganimizdan keyin ham davom etgani uchun bu kino koʻrsatilmadi. Milliy masala bahona boʻldi. Chunki oʻsha kolxoz, oʻsha paxta koloniyasi, oʻsha majburiy mehnat mustaqil boʻlganimizdan keyin 25 yil ham qoldi. Mana sizga “Otamdan qolgan dalalar” filmining bizning telekanallarda koʻrsatilmasligining bosh sababi”, degan sobiq Prezident matbuot kotibi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//