Ayrim viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
14:00 / 11.01.2022 853 0

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Fargʻona, Surxondaryo, Xorazm hududiy boʻlimlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qoʻshimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

 

Adliya vazirligi:

 

2022-yil 1-iyulgacha Samarqanddagi, 2022-yil 1-dekabrgacha Fargʻonadagi, 2024-yil 1-sentyabrgacha ekspertiza boʻlimlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;

 

2022-yil 1-noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza boʻlimini zarur texnikalar bilan taʼminlaydi;

 

2023-yil 1-yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini taʼminlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//