Oʻzbekistonga yanvar oyida 310 ming doza Pfizer vaksinasi olib kelinadi

Saqlash
18:39 / 10.01.2022 788 0

Oʻzbekistonga 2022-yil yanvar oyida Pfizer-BioNTech vaksinasidan 310 ming doza olib kelish koʻzda tutilgan. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻtkazgan matbuot anjumanida Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi Anvar Alimov maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo”.

 

Uning qayd etishicha, mamlakatda 2021-yil iyun oyining ikkinchi yarmidan boshlab kasallanish koʻrsatkichlari oʻsgan.

 

Iyul oyida kasallik aniqlanishining yuqori choʻqqisiga chiqqan. Avgust oyining birinchi yarmida biroz barqaror holat yuzaga kelgan. Avgust oyining ikkinchi yarmi va sentyabr oyidan boshlab kasallik aniqlanishining pasayishi kuzatilgani hamda soʻnggi bir hafta davomida kasallanishning oshgani qayd etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//