
Iqtisod
2024-yil iyun oyida Oʻzbekiston 9 tonna oltin sotib olib, jahonda birinchi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi maʼlum qildi.
2025-yil iyun oyida dunyo markaziy banklari jami 22 tonna oltin sotib olgan. Bu ketma-ket uchinchi oyda oylik asosda talabning biroz ortganini anglatadi.
Iyunda eng katta oltin xaridori – Oʻzbekiston boʻlgan (9 tonna). Mamlakat toʻrt oy davom etgan “sotuv rejimidan” chiqib, yana oltin jamgʻarishni boshlagan.
Qozogʻiston ham 7 tonna sotib olib, ikkinchi eng yirik xaridor davlatga aylangan. Shu bilan birga, Xitoy, Turkiya, Chexiya 2 tonnadan oltin sotib olgan. Gana, Qatar, Filippin, Qirgʻiziston esa har biri 1 tonnadan qimmatbaho metall xaridini amalga oshirgan.
Iyun oyida oltinning yagona yirik sotuvchisi Singapur boʻlib, mamlakat 6 tonna oltin sotgan.
Joriy yil boshidan beri markaziy banklar tomonidan jami 123 tonna oltin xarid qilingan. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan (130 tonna) biroz kam, lekin jiddiy raqam. Bu davrda quyidagi davlatlar oltin xarid qilish boʻyicha yetakchi boʻldi:
Polsha — 67 tonna;
Ozarbayjon — 35 tonna;
Qozogʻiston — 22 tonna.
Oʻzbekiston birinchi yarim yillikda 18 tonnaga yaqin qimmatbaho metall sotib, savdo hajmi boʻyicha yil boshidan beri yetakchilik qilmoqda. Olti oy ichida Singapur 16 tonna oltin sotib, ikkinchi oʻrinni band qilgan. Uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni katta farq bilan Rossiya va Germaniya egallagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q