Samarqandda qiymati 12 mln dollarlik yangi avtovokzal foydalanishga topshirildi

Saqlash
11:33 / 05.08.2025 103 0

Samarqand shahrining Cho‘pon-ota hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi Samarqand avtovokzalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, 12 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan avtovokzal loyihasi zamonaviy arxitektura, energiya tejamkor yechimlar va xavfsizlik standartlari asosida amalga oshirilgan.

 

Avtovokzalda keng va yorug‘ kutish zali, ona va bola xonasi, bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi, elektron tablolar orqali qatnovlar jadvalini ko‘rsatish, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus panduslar va yo‘laklar, avtobus, mikroavtobus va yo‘nalishsiz taksilar uchun alohida kutish maydonlari, haydovchilar dam olish xonasi, avtotransportni texnik ko‘rikdan o‘tkazish xizmati, 24 soat ishlovchi videokuzatuv tizimi mavjud.

 

Axborot matnida shuningdek, avtovokzal nafaqat transport markazi, balki keng ko‘lamli xizmat ko‘rsatish va savdo hududi sifatida ham faoliyat yuritishi ta'kidlangan: U yerda 120 ta savdo do‘koni, 3 ta zamonaviy restoran, 14 ta servis shoxobchasi, 1 ta avtosalon, 2 ta mehmonxona joylashgan.

 

Avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.

 

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev loyihaning amalga oshirilishi viloyatda transport xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqishi, shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro qatnovlarning samaradorligini oshirshi hamda aholining vaqt va xarajatlarini tejashga xizmat qilishini ta’kidlagan.

 

Samarqand avtovokzali kelgusida nafaqat Respublika ichida, balki xalqaro yo‘nalishlarda ham muhim transport markaziga aylanishi kutilmoqda. Bu esa Samarqand shahrining logistika, transport va sayyohlik salohiyatini yanada oshiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//