Navoiyda Turizm koʻchasi tashkil etiladi

Saqlash
16:24 / 10.01.2022 1042 0

Navoiy viloyatining Navoiy shahridagi markaziy koʻchalardan birida “Turizm koʻchasi” tashkil etiladi.

 

Turizm koʻchasi shaharning Islom Karimov, Amir Temur va Meʼmorlar koʻchalari kesishmasida 1,5 km masofada barpo etilib, Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi boʻylab oʻtishi rejalashtirilgan.

 

Koʻchaning kirish qismi Turizm koʻchasini aks ettiruvchi stella va yoʻlaklar boʻylab yangi granit toshlari bilan bezatiladi. Bundan tashqari, piyoda va velosiped yoʻlaklari tashkil etilishi, yangi oʻrindiqlar, yoritish chiroqlari oʻrnatiladi hamda ikki selfi zonasi qurilishi belgilangan.

 

Hududda kichik arxitektura shakllari (MAF) oʻrnatilib, sanitariya gigiyena punkti va turistik axborot markazi, rangli musiqali favvoralar, mahalliy aholi va sayyohlar uchun mehmonxona, ovqatlanish joylari barpo etilishi, 7 ta meʼmoriy yechimi bir-biriga oʻxshamaydigan zamonaviy salqin ichimliklar savdo nuqtasi tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

 

Shuningdek, Turizm koʻchasi toʻliq Wi-Fi bilan taʼminlanadi. Barcha yoshdagi mehmonlar hamda sayyohlar uchun kitob mutolaa qilish va hordiq chiqarish uchun maxsus joylar tashkil etiladi.

 

Turizm koʻchasi loyihasini 2022-yilning 4-choragiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//