
Ilm-fan
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga binoan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar roʻyxati tasdiqlandi, deb O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-sonli “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2020 – 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish vazifasi belgilangan.
Ijroni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 62-son bayoni qabul qilindi. Ushbu bayonga ko‘ra, o‘zbek tilida qo‘llanilib kelayotgan 40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirildi.
Ushbu jarayonda O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda ish olib bordi, shuningdek, mazkur departamentning ekspertlar guruhida xorijiy atamalar muhokamadan o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, almashtirilishi lozim bo‘lgan 40 ta xorijiy atamaning milliy muqobillarini aniqlashda O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tilshunoslari ushbu atamalar tegishli soha vakillari bilan muntazam muloqotda bo‘lgan. Shuningdek, xorijiy atamalar OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamadan o‘tkazilgan, tilimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlar takliflari hisobga olingan.
Endi rasmiy idoralar quyidagi 40 ta xorijiy atamaning oʻzbekcha muqobilini qoʻllashi lozim:
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q