Oʻzbekistonning ayrim joylarida hafta oxirida qor yogʻishi mumkin

Saqlash
17:58 / 10.01.2022 854 0

“Oʻzgidromet” hafta davomida qaday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.

 

Unga koʻra, 10-yanvar, dushanba kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha nisbatan salqin havo massasi taʼsiri saqlanib turadi. Kunduz kungi havo harorati 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.

 

11–13-yanvar kunlari respublika hududlari boʻyicha asosan quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat 13-yanvarda respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir, baland togʻli hududlarda qor yogʻadi.

 

Respublika hududidan sovuq havo massasi asta-sekin chekinadi va hafta oʻrtasiga kelib, havo harorati kechalari 3-6 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 9-12 daraja iliqqacha koʻtariladi.

 

14-yanvarda Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nisbatan nam, ammo iliq havo massasi kirib keladi. Respublikaning katta qismida yomgʻir yogʻadi, shimoliy hududlarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim tumanlarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati yana 2-4 darajaga koʻtariladi va qish faslining oʻrtasi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 3-5 darajaga yuqori boʻladi.

 

Respublikaning ayrim hududlarida tuman kuzatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//