O‘zbekistonlik ikki kurashchi jahon chempioniga aylandi

Saqlash
12:03 / 30.07.2025 49 0

Gretsiya poytaxti Afina shahrida sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

 

Yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 48 kilogrammgacha bo‘lgan Bunyod Hasanov jahon chempionligi uchun qozog‘istonlik Nurdavlat Kumaruliga qarshi gilamga chiqdi va 10:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Shuningdek, 80 kilogrammgacha vaznda hamyurtimiz Abdulaziz Xolmirzayev so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvini gruziyalik Luka Martiashviliga qarshi o‘tkazib, yakunda 14:7 hisobida g‘olib bo‘ldi.

 

 

Endi yunon-rum kurashi bahslarida yana ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi final bosqichida gilamga chiqadi. Dastlab -51 kilogrammgacha vaznda Otabek Tursunov ozarbayjonlik Hikmat Hagverdiyev bilan oltin medal uchun kurashcha, -71 kg. toifasida Behruzbek Valiyev gretsiyalik Dimitrios Soulisga qarshi chempionlik da’vosida ishtirok etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//