Toshkent shahrining ayrim hududlari gaz taʼminotidan vaqtincha uziladi

Saqlash
14:46 / 10.01.2022 769 0

Toshkent shahridagi Chilonzor va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlari 10-yanvarda 8 soatga gaz taʼminotidan uziladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» matbuot xizmati xabar qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, Chilonzor tumani 20-A mavzeda joylashgan yerusti D-57 millimetr past bosimli gaz quvurini boshqa xavfsiz joyga koʻchirish ishlari «Chilonzortumangaz» gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 10-yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha ushbu manzildagi 8 ta koʻp qavatli uylarda hamda 2 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

 

Shuningdek, Yashnobod tumani 3-tor Mumtoz koʻchasida joylashgan oʻrta bosim D-57 millimetr yerosti gaz quvurida hamda Ohangrabo koʻchasida joylashgan D-50 millimetr oʻrta bosim gaz quvuridan gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf qilish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 10-yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha D.Usmanova, Karimova, Uysozlar, Mumtoz, Ohangrabo, Chashma, Shavkat, Sadaf, Charos, Muloyim, Tabibiy hamda Tabassum koʻchalaridagi aholi hamda ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

 

«Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filiali yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻrab, taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanishini bildirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//