Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoevning "Yangi O‘zbekiston" gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov bilan suhbati Janubiy Koreyaning yetakchi nashrlaridan biri — "The Korea Post" jurnalida ingliz tilida chop etildi.
Davlatimiz rahbarining yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga bildirgan munosabati, fikri va qarashlari Janubiy Koreya jamoatchiligi tomonidan iliq kutib olindi. Qayd etish kerakki, Koreya Respublikasi jamoatchiligi, siyosiy va ilmiy doiralari vakillari ham O‘zbekiston Prezidentining intervyusini katta qiziqish bilan o‘qimoqda.
Ushbu intervyuda mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘li, bugungi globallashuv jarayoni yon-atrofimizdagi va dunyodagi voqelikka teran munosabat oddiy va xalqchil tarzda, shu bilan birga keng qamrovda ochib berilgan.
"The Korea Post" tahririyati xodimlari davlatimiz rahbarining ushbu intervyusini dolzarb masalalarga nisbatan teran mushohada yuritilgan qiziqarli suhbat bo‘lganini e’tirof etmoqda, deb yozadi "Dunyo" AA.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
109755
Jamiyat
94131
Jamiyat
89920
Jamiyat
73123
Jamiyat
//
Izoh yo‘q