Birjada AI-80 markali benzinning narxi pasaydi

Saqlash
13:01 / 08.01.2022 820 0

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 8-yanvar kuni ertalabki sessiyada oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra AI-80 markali avtomobil benzinining narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 7 474,4 ming soʻmni tashkil qildi. Bu avvalgi kunga, yaʼni 7-yanvarga nisbatan 6,3% ga kamdir.

 

AI-80 markali avtomobil benzinning birjadagi narxi litrga oʻtkazilganda mahsulotning bir litri taxminan 5700 soʻmni tashkil qiladi.

 

Ayni paytda birja savdolariga AI-80 markali avtomobil benzini sotuvchi korxonalar tomonidan barqaror ravishda birja savdolariga qoʻyib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish