Iqtisod
O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida dunyodagi boshqa moliyaviy regulyatorlardan ko‘proq oltin sotgan. Bu haqda Spot xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 21,5 tonnaga kamaygan. Bu 2021 yil yanvaridan beri birinchi marta qisqartirish hisoblanadi.
Noyabrda oltin narxi oxirgi 5 oy ichida maksimal darajaga yetgan – har unsiya uchun 1866 dollar.
Oltin O‘zbekistondan (21,5 tonna) tashqari Turkiya (7 tonna), Rossiya (3,1 tonna) va Qirg‘iziston (1,4 tonna) tomonidan ham faol sotilgan.
Boshqa regulyatorlar ozroq bo‘lsa-da, oltin zaxiralarini ko‘paytirgan. Noyabr oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Qozog‘iston (4,3 tonna), Polsha (3,4 tonna) va Hindiston (2,8 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.
2021 yilning yanvar – noyabr oylarida oltin savdosi O‘zbekiston Markaziy bankiga 4,1 milliard dollar daromad keltirgan.
O‘zbekiston eksportidagi noyob metallning ulushi 2020 yilning 11 oyida 40 foizdan 2021 yilning shu davridagi 26 foizga qisqargan.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112199
Jamiyat
94878
Jamiyat
90961
Jamiyat
75744
Jamiyat
//
Izoh yo‘q