Endi nafaqa va moddiy yordam pullaridan kredit qarzdorligi avtomatik yechib olinmaydi

Saqlash
14:45 / 01.07.2025 62 0

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand qatlami qonun bilan himoyalanadi. Fuqarolarga davlat tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalarni kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida egalarining roziligisiz ularning bank kartalaridan yechib olinishini insofsiz amaliyot sifatida baholanadi, deb yozadi Markaziy bank.

 

Markaziy bank bu borada barcha kredit tashkilotlariga xat yuborib, bunday amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi.

 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga davlat tomonidan ajratilayotgan nafaqa va moddiy yordam mablag‘lari fuqarolarning bank kartalariga tushganidan so‘ng kredit tashkilotlari tomonidan kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish uchun avtomatik tarzda yechib olinishi holatlari kuzatilayotgani haqida Markaziy bankka kelib tushgan murojaatlardan ma’lum bo‘lgan.

 

Markaziy bank aholining zaif qatlamiga to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar – kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqalar, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar va shu kabi boshqa moddiy yordam pullari – davlat tomonidan berilgan ijtimoiy himoya mablag‘lari hisoblanishini bilidirdi. Konstitutsiyaning 57-moddasida davlat mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlarini himoya qilishi belgilanganini eslatib o‘tdi.

 

Kredit tashkilotlariga yuborilgan xatda Markaziy bank fuqarolarga davlat tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalarni kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida akseptsiz usulda yechib olinishini adolat tamoyillariga zid va insofsiz amaliyot sifatida baholashi ta'kidlangan. 

 

Shunga ko‘ra endi barcha kredit tashkilotlari ichki tartiblar va avtomatik undiruv tizimlarini qayta ko‘rib chiqish orqali ijtimoiy to‘lovlarni akseptsiz ravishda qarz to‘lovlariga yo‘naltirish imkonini cheklashi, bunday holatlar bo‘yicha fuqarolardan shikoyatlar kelib tushgan taqdirda undirishni to‘xatish va yechib olingan mablag‘larni fuqaroga qaytarib berish choralarini ko‘rish lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//