Siyosat
Euronews, BBC va CNN xalqaro telekanallari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida “Oskar” mukofoti sohibi Ben Kingsli ishtirokida suratga olingan roliklar namoyishini boshladi, deb xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi.
Qayd etilishicha, britaniyalik mashhur aktyor “Maʼrifat aks-sadosi” turkum filmlarida Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Navoiy va Amir Temur kabi yurtimizning buyuk daholari haqida butun dunyoga hikoya qiladi. Maxatma Gandi, Ibn Sino hamda “Fors shahzodasi” filmida Nizom obrazlarini yaratgan afsonaviy aktyor Sharqning ulugʻ merosi ovoziga aylandi.
Islom sivilizatsiyasi markazi direktori va WOSCU raisi Firdavs Abduxoliqov aniqlik kiritishicha, “Maʼrifat aks-sadosi” — bu buyuk sivilizatsiyalar ovozi boʻlib, Prezident tashabbusi bilan Oʻzbekiston jahon tamaddunining taraqqiyot yoʻlini oʻzgartirgan buyuk siymolarni dunyoga yana bir bor eslatmoqda.
“Biz buyuk shaxslar, sivilizatsiyalar va kashfiyotlar haqida — dadil, yorqin va zamonaviy tarzda soʻzlash, dunyoni ilhomlantirish niyatidamiz”, — deydi u.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q