Madaniyat
Mana 30 yildirki 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni mamlakatimizda katta tantana bilan nishonlab kelinadi. Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Vatan himoyasi — muqaddas burch!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi Bahodir Umurzoqov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Maxfirat Zikirovalar so‘zga chiqib, ozod O‘zbekistonimiz farovonligi va kun sayin rivojlanib, taraqqiy etishi yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik tufayli ekanini ta’kidlab o‘tishdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova va O‘zbekiston Davlat drama teatri aktrisasi Munojat Teshaboevalar Vatanni madh etuvchi she’rlar hamda sahna asarlaridan parchalar o‘qishdi. “Lazgi” ansamblining xushovoz xonandasi Xurshid Sobirov va Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyori Baxtiyor Ahmedovlarning diltortar qo‘shiqlari kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q