Yerusti halqa yo’lidagi 6 ta metro bekati profilaktik ishlar uchun yopiladi

Saqlash
11:39 / 24.06.2025 42 0

Rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida 28-iyun sanasida boshlab, “Quruvchilar (12-bekat) - Yangiobod (6-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati xabar berdi.

 

Yerusti halqa yo’li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlari amalga oshirilmoqda. Rejali profilaktik ishlarni keyingi navbatini amalga oshirish uchun 2025-yil 28-iyun sanasida boshlab, “Quruvchilar (12-bekat) - Yangiobod (6-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Quyidagi bekatlar yopiladi:

 

  • “Qoʻyliq” (7-bekat);
  • “Matonat” (8-bekat);
  • “Qiyot” (9-bekat);
  • “Tolariq” (10-bekat);
  • “Xonobod” (11-bekat);
  • “Quruvchilar” (12-bekat) 

 

“Yangiobod” bekati faoliyatini davom ettiradi.

 

 

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ularning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//