
Siyosat
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda tobora keskinlashayotgan harbiy-siyosiy vaziyat munosabati bilan Eron va Isroilda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga tavsiyalar berdi.
Jumladan:
harbiy va boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va videoga olmaslik;
odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroqda bo‘lish;
mahalliy hukumat organlari tomonidan berilayotgan ko‘rsatmalarga so‘zsiz rioya qilish, zarurat tug‘ilganda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga yo‘l olish.
Fuqarolardan zarurat tug‘ilganda O‘zbekistonning Eron va Isroildagi diplomatik vakolatxonalari bilan bog‘lanish so‘raldi.
Erondagi O‘zbekiston elchixonasi bilan aloqa ma‘lumotlari:
Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025
Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz
Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi bilan aloqa ma‘lumotlari:
Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076
Shoshilinch murojaatlar uchun: +972 (54) 485-1397
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
O‘zbekiston TIV holatni doimiy ravishda monitoring qilib borishi hamda zaruratga qarab qo‘shimcha axborot taqdim etishini qo‘shimcha qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q