Dam olish kunlari ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Saqlash
17:53 / 13.06.2025 38 0

“O‘zgidromet” 14–15-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

 

13-iyundan boshlab respublika hududiga janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kela boshlaydi, asosan, kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

 

Dam olish kunlari 36-38 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 40-42 darajagacha ko‘tariladi.

 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

 

Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari ham yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dam olish kunlari havo harorati 36-38 darajagacha ko‘tariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//