Madaniyat
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga fuqaro Bobur Bobomuradovning sheʼriy asarlariga nisbatan mualliflik huquqlari buzilganligi hamda unga tegishli boʻlgan “Farhod va Shirin” xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining roziligisiz hech qanday shartnoma tuzilmasdan foydalanilayotganlik holati yuzasidan tegishli chora koʻrish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushgan.
Murojaatda keltirilgan holatlarni oʻrganish jarayonida fuqarolar S.F. hamda Z.Sh. tomonidan muallif B.Bobomurodovga tegishli boʻlgan “Qalbim bahori”, “Hayot” nomli sheʼriy asarlarni muallif bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan huquq egasining ruxsatisiz barchaning eʼtiboriga yetkazilganligi va omma oldida ijro etilganligi aniqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunining 62-moddasiga koʻra huquq egasi bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqini buzish hisoblanadi.
Shuningdek, murojaatda yuqorida keltirilgan fuqarolar tomonidan oʻz xonandalik faoliyatida foydalanilayotgan “FARHOD va SHIRIN” soʻzi B.Bobomurodovga tegishli boʻlgan MGU 43187-son “FARHOD va SHIRIN” xizmat koʻrsatish belgisi bilan oʻxshashligi taʼkidlanadi.
“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunning 26-moddasiga muvofiq tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisining egasi tovar belgisidan foydalanish va uni tasarruf etish mutlaq huquqiga ega boʻlib, tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qoʻllash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, oʻzgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi.
Yuqoridagilarga asosan, fuqaro S.F. hamda Z.Sh.ning harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177-moddasining birinchi qismida va 177(1)-moddasining birinchi qismida belgilangan asardan qonunga xilof ravishda foydalanish holati hamda huquq egasiga tegishli boʻlgan tovar belgisidan oʻz xonandalik faoliyatida foydalanayotganligi sababli Agentlik tomonidan holat boʻyicha maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q