Oʻzbekistonda paxta yogʻi, suyultirilgan gaz va paxta tolasi narxi pasaydi

Saqlash
21:55 / 06.01.2022 1205 0

Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 27-dekabr – 2-yanvar kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 858,7 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 19,3% ga kamdir. Bu haqda “OʻzRTXB” axborot xizmati xabar qildi.

 

Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 644,1 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotilgan. Shu jumladan koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 519,0 ming soʻmdan 14 364,7 ming soʻmgacha, yaʼni 7,4% ga pasaygan.

 

Shuningdek, suyultirilgan gaz boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 536,7 ming soʻmdan 2 422,7 ming soʻmgacha, yaʼni 4,5%ga pastlagan. Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 2 491,1 ming soʻmni tashkil etdi.

 

Oʻtgan haftada barcha navli paxta tolasining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 29 893,0 ming soʻmdan 27 410,6 ming soʻmgacha, yaʼni 8,3% ga pasaygan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//