Siyosat
6-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Suhbatda davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, mintaqadagi vaziyat, shu jumladan qoʻshni Qozogʻistonda vujudga kelayotgan holat yuzasidan fikr almashdilar.
Ikki mamlakat yetakchilari hozirgi voqealarning ishtirokchisi boʻlgan tomonlarni vazminlikka va vujudga kelgan masalalarni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqirdilar.
Davlat rahbarlari mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bundan buyon ham birgalikdagi saʼy-harakatlarni qaratishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q