
Ilm-fan
Talabalarga forma joriy etilmaydi, deb xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati.
Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona "talaba formasi" joriy etilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirib, ular haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tarqalgan xabarlarda asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasi iloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom" sanaladi. Unda har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan.
Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas.
Aksincha, oliy ta’lim muassasalari o‘zining tarixi, vazifasi, madaniy qadriyatlari va hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘ziga xos korporativ uslub va ramzlarini ishlab chiqish huquqiga ega. Bunga ta’lim tashkilotlarining individual imijini shakllantirishga qaratilgan tashabbus sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birga, estetik, gigiyenik yoki tashqi ko‘rinishga oid tavsiyalar faqat ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib, ularni joriy etish yoki qo‘llashning amaliy jihatlari har bir ta’lim muassasasining ichki qarorlariga bog‘liq. Ya’ni, mazkur Nizom loyihasi doirasida maxsus forma joriy etish yoki uni majburiy tartibda talab qilish umuman nazarda tutilmagan.
Shu bilan birga, korporativ uslub va brend elementlari (logotip, rang sxemasi va h.lar) shakllantirish tashabbusi universitetlarni nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda ham samarali targ‘ib etish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda nufuzini mustahkamlashga xizmat qilishi ta'kidlangan. Bu kabi yondashuv dunyo tajribasida ham ta’lim muassasalarining marketing strategiyasining muhim qismi sifatida qaraladi.
Axborot matnida shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarida har bir talabaning shaxs sifatidagi erkinligi va huquqlari Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinishi ham qayd etilib, barcha axborot manbalarini mas’uliyat bilan yoritishga chaqirgan va rasmiy ma’lumotlarga tayanib harakat qilishni tavsiya etgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q