
Ilm-fan
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda UNICEF ta’lim sohasidagi islohotlarni, xususan, sifatli inklyuziv ta’limni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, umumiy qiymati 19,2 million AQSH dollari bo’lgan ikkita loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkorlik bitimini imzoladi. Bu haqda UNICEF'ning telegram sahifasida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ajratilgan resurslar iqlim o’zgarishi to’g’risida xabardorlikni oshirish, inklyuziv amaliyotlarni rivojlantirish va ijtimoiy-emotsional o‘qitishni targ‘ib qiluvchi yangilangan Milliy O‘quv Dasturi va Baholash tizimini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Bu esa barcha bolalar, jumladan, qizlar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun zarur hayotiy ko‘nikmalarni egallashga va kelajakka yaxshiroq tayyor bo‘lishga ko‘maklashadi.
"Ushbu dastur hamkorlikning transformatsiya kuchidan dalolat beradi. Bu, shubhasiz, o'z vaqtida amalga oshirilgan va mazmunli sarmoya bo'lib, O'zbekistonda ta'lim sohasida juda zarur bo'lgan islohotlarni amalga oshirish uchun muhim imkoniyat yaratadi", – deydi Rehina Kastijio, UNICEF'ning Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari.
Hamkor tashkilotlar Islom taraqqiyot banki (IsDB), Islom taraqqiyot jamg‘armasi (ISFD) va Global ta’lim hamkorligi (GPE) tomonidan moliyalashtirilgan qo’shma loyiha doirasida ish olib boradi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q