Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi. Bu haqda Xavfsizlik xizmati maʼlum qildi.
Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qoʻngʻiroq qilish mumkin.
Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi:
- Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga boʻlgan tajovuzlar haqida;
- Davlat chegarasini qoʻriqlanishi va himoya qilinishiga boʻladigan tahdidlar;
- Qurolli Kuchlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga boʻladigan tahdidlar;
- terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoiy guruhlarga oid;
- qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir jinoyatlar haqida;
- davlat manfaatlariga tahdid soluvchi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar yuzasidan;
- milliy, etnik va diniy adovatni targʻib etish;
- davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga doir boshqa axborotlar.
Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasida belgilab qoʻyilgan va tergovi DXX vakolatiga kiritilgan Jinoyat kodeksining 150-163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.
Murojaat qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109795
Jamiyat
94169
Jamiyat
89977
Jamiyat
73178
Jamiyat
//
Izoh yo‘q