
Jahon
Turkish Airlines aviakompaniyasi samolyot qo‘nganidan keyin o‘zini tutish qoidalarini buzgan yo‘lovchilarni jarimaga tortishni boshlaydi. Endilikda samolyot to‘liq to‘xtaguncha va xavfsizlik belbog‘ini o‘tkazish haqdagi ogohlantirish o‘chirilmaguncha o‘rnidan turgan yoki tepadagi yuklarini oladigan har bir kishi jarimaga tortiladi. Bortkuzatuvchilarning ko‘rsatmalarini e’tiborsiz qoldirish ham jarimaga sabab bo‘ladi.
Jarimalar miqdori hozircha e’lon qilinmagan. Styuardlarga qo‘nishdan keyin qo‘shimcha e’lon berish topshirilgan. Ular yo‘lovchilarga qoidalarni eslatadi va qoidabuzarlarni qayd etadi. Aviakompaniya vakillari mazkur choralar xavfsizlik uchun ko‘rilayotganini aytmoqda.
Turk havo yoʻllari rasmiylari bu amaliyot nafaqat intizomiy chora, balki yoʻlovchilar xavfsizligiga bevosita daxldor ekanini taʼkidlashgan. "Harakatlanayotgan samolyotlarda tik turish yoki yuk javonlarini muddatdan avval ochish shu kunga qadar ko‘plab baxtsiz hodisalar va jarohatlarga sabab bo‘lgan", deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q