
Jahon
Qozogʻistonda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari sizib chiqishi bilan bogʻliq holat aniqlandi. Bu haqda qozogʻistonlik deputat Murat Abenov oʻzining Feysbuk sahifasidagi postida maʼlum qilgan.
Unga koʻra, telegramda qozogʻistonliklarning shaxsiy maʼlumotlari haqida xabar beruvchi bepul bot mavjud.
“Davlat axborot tizimidan olingan barcha maʼlumotlar omma uchun ochiq. Katta ehtimol, ular (tugʻilgan kun, fuqaroning shaxsiy identifikatsiya raqami, yashash manzili va telefon raqami) e-gov bazasidan yuklab olinib, real vaqtda yangilanib turadi. Ular orasida fuqarolarning birga yashovchi barcha oila aʼzolariga tegishli maʼlumotlar, shuningdek, qanday kvartira sotib olgani-yu qanday avtomobil mingani haqida axborotlar ham mavjud” – deb yozadi deputat Murat Abenov.
Abenov botni tekshirish uchun mamlakatning hozirgi va sobiq Raqamli rivojlanish vazirlari Bagdat Musin va Jaslan Madiyevlarning ism-familiyasini kiritgan. Natijada ular haqida toʻliq maʼlumotlar: e-govʼda roʻyxatdan oʻtkazilgan mobil telefon raqamlari va oila aʼzolari haqida maʼlumotlar kelib chiqqan.
“Ikki vazirga tegishli maʼlumotlar 100% toʻgʻri deb aytolmayman. Axir ular tribunadan turib barchasi himoyalangani, davlat axborot tizimlarining maʼlumot bazalari ommaviy foydalanish uchun ochiq emasligini taʼkidlaydilar. Shaxsan ishonch hosil qilish uchun oʻzlari yuklab olib, tekshirib koʻrishlari mumkin. Bu bazadan oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tekshirgan doʻstlarim aniq shaxsiy identifikatsiya raqami, eng soʻnggi aktual telefon raqami, hozirgi va hatto, eski – 15-20-yil avval yashagan uy manzili, ularning asr boshidan buyon egalik qilgan avtomobillarigacha maʼlumotlar har kim uchun ochiqligidan hayratda. Voyaga yetmaganlarning telefonlari ham shu bazada aks etgan” – deydi.
Deputat eng xavflisi, maʼlumotlar mutlaqo yangi, 2024-yilning dekabrida yangilangani qayd etib, Raqamli rivojlanish vazirligida Qozogʻiston fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini xorijga oshkor etuvchi sotqin amaldorlar hali-hanuz borligini taʼkidlagan.
Murat Abenov Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlariga hamda Bosh prokuraturasidan holat boʻyicha tezkor chora koʻrilishini soʻrab, vazir va bosh prokuror oʻzini ham mazkur bazadan tekshirib koʻrishi mumkinligini aytgan.
Maʼlum daqiqalardan keyin jurnalistlar tomonidan nazarda tutilgan telegram botida mamlakat Ichki ishlar vaziri va Olmaota hokimi haqidagi maʼlumotlar tekshirilgani qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q