
Ilm-fan
Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Davlat rahbari 2022 yil avgustda Xorazm viloyati markazi Urganch shahridagi Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishiga asos solgan edi. Bu yerda buyuk olim nomidagi universitet va ixtisoslashtirilgan maktab ham quriladi.
Taqdimotda mazkur ta’lim maskanlarini tashkil etish chora-tadbirlari, asosiy yo‘nalishlari haqida axborot berildi.
Universitetda 3 ta: matematika va informatika fakulteti, aerokosmik texnologiyalar muhandisligi fakulteti hamda sun’iy intellekt fakulteti bo‘ladi. Ularda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, sanoat, xavfsizlik, energetika va ekologiya kabi sohalar uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Darslar o‘zbek va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.
O‘quv jarayonlari «Yangi O‘zbekiston» universitetining tajribasi asosida, BAA, Xitoy, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Qabulni 2025-2026 o‘quv yilidan boshlash rejalashtirilgan. Jami talabalar soni 4-6 ming atrofida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Shaharcha hududida Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ham tashkil etiladi. Unga 4-sinf bitiruvchilari tanlab olinadi. Ta’limning yakunlovchi 2 yili muhandislikka boshlang‘ich tayyorgarlikka qaratiladi.
Davlat rahbari universitet hududi nafaqat ta’lim, balki Xorazmning tarixiy-ilmiy va turizm salohiyati bilan uyg‘un majmua bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Ushbu zamonaviy ta’lim muassasalarini tashkil etishga oid hujjat imzolandi.
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q