H&M, ZARA, PUMA va Adidas kabi brendlar Oʻzbekistonga taklif etiladi

Saqlash
23:16 / 05.01.2022 1651 0

Dunyoning mashhur brendlari Oʻzbekistonga taklif etiladi. Bu haqda 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasida ma'lum qilindi.

 

Maʼlum qilinishicha, tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish maqsadida Oʻzbekistonda dunyoning mashhur H&M (Shvetsiya), ZARA (Ispaniya), LC Waikiki (Turkiya), PUMA (Germaniya), Reebok (Buyuk Britaniya), Uniqlo (Yaponiya) kabi brendlari hamkorligida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarini xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻqitish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, Adidas (Germaniya), Bogner (Germaniya), Bata (Shveysariya), Geox (Italiya), Diadora (Italiya), Pakerson (Italiya), Sasha Fabiani (Xitoy) kabi dunyoga mashhur poyabzal brendi buyurtmalarini jalb etish hisobiga 130 million dollarlik oyoq kiyimlar eksporti taʼminlanadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//