Jahon
Markaziy Osiyo mamlakatlari qoʻshma telekanal va media-platforma yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozogʻiston respublikasi Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva Ostona shahrida boʻlib oʻtayotgan II Markaziy Osiyo media-forumida maʼlum qildi.
“Davlat rahbarlarining faol va yaqin hamkorligi tufayli bugungi kunda qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar juda yuqori darajada. Bizning vazifamiz bu impulsdan oʻz sohamizda oʻzaro munosabatlarni chuqurlashtirishda foydalanishdir” – deydi vazir.
U shuningdek, Oʻzbekiston bilan 2025-yilga qadar amalga oshiriladigan hamkorlik rejasi imzolanganini maʼlum qildi. Xususan:
- Kontent almashinuvi;
- Treninglar;
- Feyklarga qarshi kurash;
- Yosh jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash
Aida Balayeva axborot sohasidagi hamkorlik masalasi mintaqa rahbarlari darajasida ham bir necha bor koʻtarilganini taʼkidlab, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini ham mazkur tashabbusga qoʻshilishga chaqirgan.
Jamiyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
109975
Jamiyat
94288
Jamiyat
90145
Jamiyat
73416
Jamiyat
//
Izoh yo‘q