Vengriya parlamenti mamlakatda faqat ayol va erkak jinsi rasman tan olininishini tasdiqladi

Saqlash
15:30 / 15.04.2025 144 0

Vengriya Konstitutsiyasiga mamlakat Parlamenti tomonidan maʼqullab kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, “inson faqat ayol yoki erkak boʻlishi kerak”. Bu haqda Index nashri xabar bergan.

 

Vengriya parlamenti 14-aprel kuni mamlakat Konstitutsiyasiga inson faqat erkak yo ayol boʻlishi mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilishini yoqlab ovoz bergan. Deputatlar qoʻllab-quvvatlagan qonunchilikdagi yana bir oʻzgarish qator kuzatuvchilar fikricha, prayd tadbirlarini oʻtkazishni cheklashga qaratilgan.

 

Vengriya ayol va erkak oʻrtasidagi ixtiyoriy ittifoq sanaluvchi millat mavjudligining asosi boʻlgan oila institutini himoya qiladi. Oila nikoh, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Inson yoki erkak boʻladi, yoki ayol. Ota – erkak, ona – ayol” – deya Ozodlik radiosi Vengriya qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishga boʻlgan munosabatlardan iqtibos keltirgan.

 

Qayd etilishicha, ushbu oʻzgarishlarni mamlakat parlamentining 140 nafar aʼzosi qoʻllagan boʻlsa, 21 nafar deputat unga qarshi chiqqan. Bundan tashqari, ushbu masalani Venrgiya bosh vaziri Viktor Orban va uning FIDES partiyasi ham qoʻllab-quvvatlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//