
Jahon
Henley & Partners xalqaro konsalting kompaniyasi dunyoning eng qimmat shaharlarini maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, Fransiyaning Monako shahri ushbu roʻyxatda 1-oʻrinda turadi. Chunki mazkur shaharda yashovchi aholining 40 foizdan ortigʻini millionerlar tashkil qiladi. Bundan tashqari, u yer oʻta boy insonlar uchun dunyodagi eng xavfsiz boshpana ham hisoblanadi.
Monakoda yashamoqchi boʻlganlar kvartira sotib olish uchun 1 metr/kvadratga 38 800 AQSh dollaridan oshiqroq pul toʻlashi kerak boʻladi.
2-oʻrinni AQShning Nyu-York shahri band qilgan. U yerda kvartiraning har metr/kvadrati 27 500 dollardan sotiladi. Undan keyingi oʻrinlarda Gonkong (3-oʻrin, m² uchun 26 300 dollar), London (4-oʻrin, m² uchun 24 000 dollar), Sen-Jan-Kap-Ferra (5-oʻrin, m² uchun 21 200 dollar), Parij (6-oʻrin, m² uchun 24 000 dollar), Sidney (7-oʻrin, m² uchun 19 500 dollar) shaharlari joy olgan.
2025-yilgi eng qimmat shaharlar roʻyxatiga Fransiya shaharlari koʻproq kiritilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q