“Men qizimga jahon chempioni boʻlaman deb vaʼda bergandim!” – Shahram Gʻiyosov

Saqlash
09:20 / 14.04.2025 165 0

Foto: Gazeta.uz

 

12-aprel kuni Shahram Gʻiyosov AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida tashkil etilgan boks oqshomida argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi jang qildi.

 

10 raundga moʻljallangan jangda oʻzbekistonlik bokschi raqibini muddatidan oldin magʻlubiyatga uchratib (4-raundda oʻz yakuniga yetdi), WBA kamari uchun majburiy daʼvogar maqomini saqlab qoldi.

 

Mazkur gʻalaba bilan Gʻiyosov professional boksdagi 17-jangida 17-gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Endilikda u Jeyron Ennis — Eymantas Staniosis toʻqnashuvi gʻolibiga qarshi WBA va IBF kamari uchun jang oʻtkazadi.

 

Taʼkidlash lozim, Gʻiyosov 12-aprel kuni boʻlib oʻtadigan jangini qiziga bagʻishlashini maʼlum qilgan edi.

 

“Men uchun bu juda, juda, juda ogʻir boʻldi. Bu ogʻir (mashgʻulot) lageri edi, chunki men qizimni yoʻqotdim. U meni koʻrib turibdi. U hozir menga qarab turibdi. Meni duo qilyapti. Unga vaʼda bergandim… Jahon chempioni boʻlishni xohlayman. Men uni sevaman”, — dedi oʻzbekistonlik bokschi koʻzda yosh bilan.

 

Gʻiyosov uning chiqishi nafaqat sportdagi muvaffaqiyat, balki shaxsiy vaʼdasining bajarilishi ekanini ham aytdi.

 

“Bu jang — qizim uchun. Bu gʻalaba uning uchun. Keyingi jang… Qizimga vaʼda beraman — jahon chempioni boʻlaman. U menga ishonardi. Men shunday qildim. Men buni bilaman. Menga imkoniyat bering va men buni qilaman”, deya taʼkidladi u.

 

Maʼlumot uchun, bokschining qizi jangdan bir oy oldin kam uchraydigan miya kasalligidan vafot etgan edi. U 2 yoshda boʻlgan.

 

Gʻiyosov, shuningdek, oʻz intervyusida muvaffaqiyat jamoaning uyushqoqlik bilan ishlashi natijasi boʻlganini qoʻshimcha qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//