
Jahon
Numbeo nashri 2025-yili shaharlar tirbandligi reytingini eʼlon qildi.
Indeksga dunyoning 330 ta shahri kiritilgan boʻlib, unda Toshkent ham bor.
Oʻzbekiston poytaxti umumiy roʻyxatda 195-oʻrinni egallagan.
Reyting 4 ta kategoriya boʻyicha shakllantirilgan (Toshkent baholangan oʻrin bilan koʻrsatilgan):
▪️ Vaqt indeksi (U daqiqalarda talab qilinadigan oʻrtacha bir tomonlama kunlik qatnov vaqtini ifodalaydi. Bu shahar ichida bir joydan ikkinchi joyga sayohat qilish uchun qancha vaqt kerakligini koʻrsatadi) — 193-oʻrinda;
▪️ Tirbandlikda uzoq vaqt turish indeksi (har 25 daqiqada) — 142-oʻrin;
▪️ Samarasizlik indeksi (shahar transport tizimidagi samarasizlikni baholaydi) — 133-oʻrin;
▪️ Zararli gaz ajralish indeksi — 260-oʻrin.
Reytingda eng tirband shahar deb Nigeriyaning Laos shahri koʻrsatilgan. Undan keyingi oʻrinlarda Kosta-Rikaning San-Xose hamda AQShning Los-Anjeles shaharlari koʻrsatilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q