“Reels”lar odatiy turmush tarzini oʻzgartirishga majbur qilmoqda

Saqlash
16:13 / 08.04.2025 329 0

Tadqiqotchilar qisqa videolarning inson psixologiyasiga taʼsirini oʻrganishdi.

 

Instagram “reels”lari va YouTube platformasining “shorts”lari ustida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida shunda xulosaga kelindiki, qisqa videolar yoshlarni oʻziga qaram qilib qoʻymoqda. Bu qaramlik giyohvandlik moddalari taʼsiriga tushib qolishga oʻxshaydi.

 

Endilikda mutaxassislar raqamli giyohvandlikka qarshi kurashishda ijtimoiy masʼuliyatni oshirishga chaqirmoqda.

 

Gap shundaki, bu turdagi qaramlik turmush tarzining izdan chiqarib yuboradi. Kundalik hayot buziladi va muntazam shakllangan odatlarni nazorat qilish susayib ketadi. Bundan tashqari, uyqu buzilishi, diqqatning susayishi, xotiraning pasayishi va depressiya kabi muammolar ham yuzaga chiqadi.

 

Ajablanarlisi, bunday kontentlarni muntazam koʻrib, tobora qaramga aylanib borayotganlarning katta qismini oʻsmirlar emas, balki 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil qilmoqda.

 

Tadqiqotchilar endilikda foydalanuvchilarga ekran vaqtini cheklash uchun oʻzini oʻzi boshqarish odatlarini kuchliroq rivojlantirishni tavsiya qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//