Emanuel Makron autist bolani oʻz qarorgohi – Yelisey saroyida amaliyot oʻtashga taklif qildi

Saqlash
13:27 / 28.03.2025 299 0

Autizm sindromiga chalingan fransiyalik bolakayning onasi X ijtimoiy tarmogʻida oʻgʻli yaqin kunlarda 18 yoshga toʻlishi, lekin u autist boʻlgani uchun tugʻilgan kunga chaqirishga birorta doʻsti yoʻq ekanini yozadi. Shunga qaramay, ona bu kun farzandi uchun esda qolarli oʻtishini xohlab, taniqli va mashhur insonlardan tabrik videolari yuborishlarini soʻraydi.

 

Bu chaqiriqqa javoban, koʻplab mashhurlar orasida Fransiya prezidenti Emanuyel Makron ham tabrik videosini yuborgan. Prezident bolaning qandolatchilikka qiziqishidan xabar topgach, unga Yelisey saroyida amaliyot oʻtashni taklif qilgan.

 

"Salom, Maksens!

Tingla, onangdan tugʻilgan kuning uchun ajoyib gʻoya boʻlgan ekan. U kichik tilak bildirishni soʻragandi. Shu sababli, tugʻilgan kuning bilan tabriklayman! 18-tugʻilgan kuning xursandchiliklarga boy boʻlishini tilayman! Koʻp baxt, koʻp loyihalar tilayman!

Senga shuni aytmoqchimanki, shu kunlarda sen haqingda oʻylayapman. Tushunishimcha, qandolat sanʼati boʻyicha kursda taʼlim olishni xohlaysan! Demak, eshit! Hammasi oddiy:

agar sizga qandolat sohasida malaka oshirish kerak boʻlsa, unda Yelisey saroyidagi oshxona bunga mos keladi. Bizning oshxonamizda, qandolatchilikda ajoyib motivatsiyaga toʻla oshpazlar jamoasi ishlaydi. Va agar bu yerga kelib, kurs doirasida bir necha hafta, bir necha oy vaqt oʻtkaza olsang, xush kelibsan, deymiz!

Yoʻq degan taqdiringda ham sening qandolat mahsulotlaringdan bajonidil tatib koʻrgan boʻlardim.

Nima boʻlganda ham, tugʻilgan kuningiz bilan tabriklayman!

Yaqin kunlarda koʻrishguncha! Oʻpib qolaman!" - deydi Fransiya Prezidenti Emanuel Makron video murojaatida." – deydi Fransiya Prezidenti Emanuyel Makron video murojaatida.

 

Maksens 13-aprel kuni 18 yoshini qarshi oladi.

 

#inson

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//